16:59 / 12.02.2018
40058

MDC Prime Lite – kuchli, hamyonbop va zamonaviy smartfon

Foto: MDC 

Smartfonsozlikda hozirgi kunda ommalashgan trendlardan biri – qurilmaning asosiy kamerasi qo‘shaloq obektivga ega bo‘lishidir. Agarda shunday telefon o‘ziga xos dizaynli metall va shisha korpusda bo‘lsa, tag‘in to‘rtinchi avlod uyali aloqasi – 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlasa yanada yaxshi. Bordi-yu shunaqa zamonaviy smartfonning narxi ham cho‘ntakbop bo‘lsa-chi?

Xullas kalom, bugun sizga tanishtirmoqchi bo‘lganimiz – MDC brendi ostidagi Prime Lite deb nomlangan innovatsion modeldir.  Keling, uning xususiyatlariga birma-bir nazar solamiz.

Metall ramkali o‘zgacha dizayn

Smartfonning selfi-kamerasi uning old yuzasida, ekranning tepasida bo‘lishiga ko‘zingiz ko‘nikib qolganmi? Old kamerasi boshqa joyga o‘tkazilgan smartfonni hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz? Ana shunaqa o‘zgacha dizaynning barcha afzalliklariga MDC Prime Lite modelida guvoh bo‘lishingiz mumkin. Axir, uning old kamerasi old panelning pastida, chap burchakda joylashgan!

Foto: MDC

Shuning evaziga ekranning yuqorisi hamda ikki yon chekkalari romsiz dizaynga ega. Displeyning tepasida yorug‘likni aniqlash va yaqinlashuv datchiklari, shuningdek, suhbatlashuv dinamigi o‘rin olgan, xolos.

Foto: MDC

MDC Prime Lite ramkasi to‘liq metalldan ishlangan, bu esa hozirgi zamonda qurilma mustahkamligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning orqa panelida asosiy kameraning tikka joylashgan ikkita moduliga ko‘zimiz tushadi. Ulardan chap tomondagi LED-chaqnoq esa kam yoritilgan sharoitlarda ham ajoyib suratlar olishga imkon beradi.

Darvoqe, telefonning o‘lchamlari 138x73.2x8.6 millimetrni, vazni esa 160 grammni tashkil etadi – kaftingizga shunday ajoyib o‘rnashadiki, buni so‘z bilan ta'riflash qiyin!

HD aniqligidagi ramkasiz displey – kinoteatr naq kaftingizda!

Smartfonning foydalanuvchi bilan bevosita muloqotda bo‘luvchi muhim qismlaridan biri, shubhasiz, uning ekrani hisoblanadi. Shu sababli ham ishlab chiqaruvchilar qurilmaning mana shu jihatiga alohida e'tibor qaratishadi.

Foto: MDC

MDC Prime Lite ham mana shu tamoyildan chekkada qolmagan – u diagonali 5.2 dyuymga teng IPS-displey bilan jihozlangan. Displeyning tasvir aniqligi esa HD formatida, ya'ni 1280x720 pikselni tashkil etadi. Bunaqa ekran burchak ostida ham yuqori sifatli suratlarni ranglari buzilmagan tarzda yetkazib bera oladi. Shuningdek, Prime Lite displeyi filmlarni va boshqa kontentni tomosha qilishga ham qulay – naq mobil kinoteatr, deysiz!

Qo‘shaloq kamera: dunyoga o‘zgacha nigoh

Mobil suratkashlikda keyingi paytlarda urfga kirgan jihatlardan biri – orqa fonni xiralashtirgan va asosiy urg‘uni kerakli obektga qaratgan holda portret rejimida rasmga olish imkoniyatidir. Bunga erishish uchun esa smartfonning asosiy kamerasi ikkita obektivga ega bo‘lishi kerakli shartlardandir.

Foto: MDC

MDC Prime Lite smartfoni mana shu jihati bilan ham maqtana oladi – uning zamonaviy texnik ta'minoti tufayli eng maqbul sifatli fotosuratlar olishga hech qiynalmaysiz! «Jonli» selfilar qilish, ekranga bittagina tegish orqali kameraning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish – bular endi ancha osonlashdi!

Smartfonning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapikselli ikkita sensorni o‘z ichiga oladi. Old kamera datchigi ham ko‘ngildagidek – 8 megapikselli bo‘lib, uning yordamida siz ajoyib selfilar tushirishingiz mumkin.

Ma'lumotlaringiz  mustahkam muhofazada!

Ushbu smartfonni xarid qilib, siz hamisha qo‘l ostingizda 16 gigabaytlik diskka ega bo‘lasiz – MDC Prime Lite ichki xotirasi aynan aynan shunday hajmga ega. Agarda buni kam, desangiz – microSD-karta yordamida uning xotirasini naq 128 gigabaytgacha kengaytirish imkoni mavjud.

Bunday diskka endi istagancha ma'lumotlar bemalol sig‘adi. Smartfon yordamida olingan suratlar-u videolar, shuningdek internetdan yuklab olingan yoki USB 2.0 porti orqali ko‘chirib o‘tkazilgan musiqalar, kliplar va kinofilmlar – barchasini smartfoningizda saqlay olasiz.

Foto: MDC

Xo‘sh, bu kabi ma'lumotlaringizning maxfiyligini ta'minlash uchun siz smartfonni qanday usulda himoyalaysiz? Grafik kalit deysizmi, parol yoki kodli so‘zmi – bu usullarning barchasini MDC Prime Lite modeli qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, zamonaviy usul – barmoq izi skaneri orqali foydalanuvchi shaxsini tasdiqlash texnologiyasi ham bu smartfonga tatbiq etilgan. Uning daktiloskopik skaneri ekran ostidagi «Uyga» tugmachasiga integratsiya qilingan bo‘lib, juda aniq va tez ishlaydi.

Takomillashtirilgan texnik ta'minot

MDC Prime Lite smartfonining «ichki dunyosi», ya'ni texnik xususiyatlari ham anchayin ilg‘or. Unga 1.3 gigagers takt chastotasida ishlovchi to‘rtta yadroli MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Ikki gigabayt hajmga ega tezkor xotira bilan birgalikda u smartfonning samaradorligini ajoyib tarzda ta'minlaydi.

Foto: MDC

Ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilganligi evaziga bu devays uyali aloqaning 3G hamda 4G standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonga ikkita SIM-karta tushadi, u Android operatsion tizimining 7 (Nougat) talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. MDC brendi o‘zining Prime Lite qurilmasiga 2750 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatgan.

Narxini aytmaysizmi, narxini...

Smartfon qora va moviy rangli korpusga ega talqinlarda foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda. Quvonarli jihati – shuncha ilg‘or xususiyatlarga hamda o‘zgacha dizaynga ega bo‘lsa ham, MDC Prime Lite smartfoniga 900 000 so‘m atrofidagi narx belgilangan!

Foto: MDC

MDC Prime Lite modelini ayni paytda qora va ko‘k ranglarida xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, MDC brendi ostidagi smratfonlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan 1 yillik kafolat xizmati ham taqdim etiladi. Xullas, mazkur modelni xarid qilib, bir vaqtning o‘zida bitta o‘q bilan ikkita quyonni urgan bo‘lasiz: kam xarajat qilasiz, ammo sifatli va kafolatli smartfon sohibiga aylanasiz!

Facebook: www.facebook.com/mdcmobileuzbekistan
Telegram: https://t.me/mdc_mobile_uzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/mdcmobileuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top