8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

23:55 / 15.02.2018 10865

OAV: Sud Trampning farmonini musulmonlarning huquqlarini cheklagani uchun konstitutsiyaga zid deb topdi

Foto: AP

Virjiniya shtati Amerika apellyatsiya sudi mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan 6 musulmon davlat fuqarolari AQShga kirishini taqiqlash nazarda tutilgan migratsiya farmonini musulmonlar huquqlarini kamsitish va Amerika konstitutsiyasiga zid deb topdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

«Prezident Trampning va boshqa rasmiylarning bayonotlarini, shuningdek, hujjatning o‘zini (immigratsiya farmoni - tahr) o‘rganib, biz shunday xulosaga keldikki, bu deklaratsiya islom diniga dushmanlik kayfiyatini o‘ziga singdirgan va shu tufayli konstitutsiyaga ham zid keladi», deyilgan sudya Rojyer Gregorining qarorida.

O‘tgan yilning yanvarida prezidentlik lavozimiga kirishgach, Tramp 7ta musulmon davlati fuqarolarining (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) 90 kun mobaynida AQSh hududida bo‘lishini taqiqlovchi farmonini imzoladi. Keyinroq Iroq ushbu ro‘yxatdan o‘chirildi. AQShdagi bir qancha federal sudlar ushbu farmon ijrosini to‘xtatib qo‘ydi. Iyun oyida esa AQSh Oliy sudi ushbu farmonning amaliyotini qisman tikladi.

O‘tgan yilning sentabrida Tramp yangi farmonini imzoladi. Unga ko‘ra cheklov ostidagi davlatlar ro‘yxati o‘zgargan, avvalgi ro‘yxatga Venesuela, Chad, KXDR qo‘shilgan, ro‘yxatdan Sudan o‘chirilgandi. Bu hujjat kuchga kirishiga bir kun qolganida Gonolulu sudi tomonidan bloklandi.

O‘tgan yil noyabrida San-Frantsiskodagi To‘qqizinchi okrug sudi (Kaliforniya shtati) farmon qisman kuchga kirishini ma'qulladi. Sud Amerika hukumati 6 musulmon davlat (Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Chad) fuqarolari agar AQShda qarindoshlari bo‘lmasa, Qo‘shma shtatlar hududiga kirishini taqiqladi. Dekabr oyida esa Oliy sud ushbu farmonning amalga kirishini tikladi, ammo bu masaladagi muhokamalar davom etmoqda.

Top