«Sevgi iztiroblari» seriali namoyishi to‘xtatildi

Skrinshot: Kara Sevda
Xabaringiz bor, Zo’r TV telekanali orqali turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztiroblari” seriali berib kelinayotgan edi. Ushbu serial mazmuni, u tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagani uchun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda serial qattiq tanqid ostiga olingan turli materiallar va chiqishlar e'lon qilindi.
Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, kuni kecha bo‘lib o‘tgan xotin-qizlar masalasida o‘tkazilgan majlisda Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov ham aynan ana shu serialga to‘xtalib, oilalardagi ma'naviy muhit buzilayotgan, ajrashishlar ko‘payayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyish etishni qattiq tanqid qilgan. KUN.UZ’ga bir necha manbalardan kelib tushgan aniq ma'lumotlarga ko‘ra, “Sevgi iztiroblari” seriali namoyishi to‘xtatilgan. Ushbu serialning so‘nggi qismi bugun, 16 fevral kuni namoyish etildi.
Ushbu serial qahramonlariga ovoz bergan aktyorlardan biri Alisher Uzoqov Instagram’dagi o‘z sahifasida serial namoyishi telekanaldan olib tashlanayotganiga ishora bergan. “Bugun so‘nggi marotaba qahramonlaringizni ko‘rib qoling...”, deb yozadi aktyor.
Umid qilamizki, shaxsiy telekanallar serial tanlashda va namoyish qilishda yanada e'tiborliroq bo‘lishadi. O‘zbek ma'naviyatiga, qadriyatlariga mos, tarbiyaviy ahamiyati kuchli seriallar tanlashadi. Zero yuqoridagi serialni yarmida to‘xtatgan bilan uning aksariyat "muxlislari" bozorlarga disk izlashga tushishsa ajab emas. Bu esa boshqa mavzu...
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06
-
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
O‘zbekiston | 22:37
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15