12:21 / 22.02.2018
19545

Byudjyet sohasidagi moliyaviy hisobot yangilandi

Byudjyet tashkilotlari va byudjyet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar (ro‘yxat raqami 2971, 15.02.2018 y.) e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Ilgari amal qilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan mablag‘ bilan ta'minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar (ro‘yxat raqami 2270, 27.09.2011 y.) 15.02.2018 yildan o‘z kuchini yo‘qotdi.
 
Birinchidan, qabul qilingan hujjat bilan byudjyet tashkilotlarining yillik va choraklik moliyaviy hisobotlariga tuzatishlar kiritildi. Ularga Byudjyet tashkilotini chet el valyutalari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot ham qo‘shildi. 
 
Ikkinchidan, xarajatlar smetasining ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX-son shakl) bekor qilindi. Shu munosabat bilan byudjyet mablag‘lari oluvchilar faqat Xarajatlar smetasining ijrosi haqida choraklik hisobotni (2-son shakl) topshiradilar.
 
Uchinchidan, hisobotlarni taqdim etish muddatlari jadvali tasdiqlandi.

Tegishli moliya organlari tomonidan tashkilot rahbarining yozma ravishdagi murojaatiga asosan hisobotlarni topshirish muddati ko‘pi bilan 5 ish kuniga kechiktirilishi mumkin.
 
To‘rtinchidan, byudjyet tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni «UzASBO» dasturiy majmuasi orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi belgilandi. Bunda elektron raqamli imzo, shuningdek lozim darajada rasmiylashtirilgan hisobotlarning qog‘oz variantining bir nusxasi saqlanishi talab etiladi.
 
Hujjat 15.02.2018 yildan kuchga kirdi.

Top