Jahon moliya bozori navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. Sönggi hafta muhim makroiqtisodiy voqealarga boy böldi. Xususan, AQŞda fevral oyi uçun inflatsiya ma’lumotlari e’lon qilindi. Bu körsatkiç, prognozlardan 0,1 foizga balandroq şakllanib, 3,8 foizni taşkil etdi. Fevral oyidagi körsatkiç avvalgisiga olib qaraganda pasaygan bölsa-da, inflatsiya sönggi 3 oydan beri prognozga nisbatan yomonroq natija qayd etişi ba’zi tahlilçilarda xavotir uyğotmoqda.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 11 martdan 15 martgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
S&P500 – 5117,1 (hafta boşidan -0,13 foiz, yil boşidan +7,28 foiz);
NASDAQ – 17808,2 (hafta boşidan -1,17 foiz, yil boşidan +5,84 foiz);
DJI – 38714,7 (hafta boşidan -0,02 foiz, yil boşidan +2,72
foiz).
AQŞ fond indekslari makro körsatkiçlar ta’sirida sönggi hafta korreksiya sur’atini taqdim etdi. Xususan, 500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 7 punktga, NASDAQ indeksi 210 punktga, Dow Jones indeksi esa 8 punktga qisqardi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2155 dollar (hafta boşidan -1,07 foiz, yil boşidan +4,51 foiz);
- Kumuş – 25,1 dollar (hafta boşidan +3,61 foiz, yil boşidan +6,07 foiz);
- Alyuminiy – 2270 dollar (hafta boşidan +1,84 foiz, yil boşidan -4,65 foiz);
- Mis – 4,1 dollar (hafta boşidan +5,95 foiz, yil boşidan +5,89 foiz).
P.S: yuqorida qimmatbaho metallarning 1 unsiyasi narxi körsatilgan.
Aksariyat qimmatbaho metallar hafta davomida ösiş sur’atini taqdim etdi. Alyuminiy, kumuş va mis mos ravişda 41 dollar, 88 sent va 23 sentga ösdi. Oltin narxi esa tebrangan holda oldingi hafta körsatkiçidan 24 dollarga arzonlaşdi.
Neft
- WTI – 80,97 dollar (hafta boşidan +4,1 foiz, yil boşidan +13,57 foiz);
- BRENT – 85,26 dollar (hafta boşidan +4,20 foiz, yil boşidan +10,67 foiz).













