Kiçik va örta biznesni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, jumladan biznes taşabbuslarini moliyalaştiriş va loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşiş böyiça yaxlit tizim joriy etiş maqsadida qöllab-quvvatlaş vositalarini kengaytiriş va ulardan foydalaniş şartlarini yanada soddalaştirişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

“Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” kompleks dasturi taşabbuskorlarini tanlaş, ularning loyihalarini qöllab-quvvatlaş va moliyalaştiriş töğrisida nizomga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:

  • Baholaş guruhlari uç iş kunida dastlabki röyxatga kiritilgan loyiha taşabbuskorlarining istiqbolli loyihalarini tanlab oladi. Bunda baholaş guruhining har bir a’zosi loyihalarni tanlab oliş va toifalarga ajratiş masalalarida uç iş kunida öz fikr va mulohazalarini berişi şart. Guruh a’zosi uşbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy xulosa berilgan deb hisoblanadi;
  • hunarmandlar, kasanaçilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida öz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşirgan va moliyaviy vositalardan foydalaniş huquqini qölga kiritgan özini özi band qilgan şaxslar belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat röyxatidan ötkazilişi lozim;
  • loyiha taşabbuskorlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş usullari röyxati 500 mln sömgaça kredit bilan töldirildi;
  • özini özi band qilgan şaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun 100 mln sömgaça garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga ötkazib berilişi mumkin.