17:47 / 23.02.2018
9033

AQSh Xitoy tufayli Jahon savdo tashkilotiga shikoyat bilan chiqdi

Foto: Reuters

AQSh Jahon savdo tashkilotiga Xitoyda internetga kirishning yangi qoidalari bo‘yicha shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Amerika tomonining fikricha, 31 martdan kuchga kirishi kerak bo‘lgan qoidalar xorijiy provayderlar imkoniyatini cheklaydi va tashkilotda muhokama qilinishi lozim.

«Qo‘shma Shtatlar Xitoyni bu muammolarni tezroq hal qilish va yangi siyosatni ishlab chiqishga qat'iy chaqiradi. U ma'lumot transchegaraviy uzatilishiga xalaqit berishi emas, balki bunga ko‘mak ko‘rsatishi kerak», - deyiladi Jahon savdo tashkilotiga yuborilgan murojaatda.

Top