09:48 / 26.02.2018
13650
Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston avtomobil transportida yuk tashish xalqaro yo‘nalishlarini rasman ishga tushirmoqda
Foto: kabar.kg

Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlatlar o‘rtasida avtomobilda yuk tashuvlari bo‘yicha jarayonni jadallashtiradi. Rejaga ko‘ra, tegishli yo‘nalishlar shu oyda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Geng Shuan 23 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Gen Shuanning ta'kidlashicha, 2017 yil 30 oktabr - 1 noyabr kunlarida davlatlar Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkeshtam-Qoshg‘ar xalqaro yo‘nalishi bo‘ylab yuklarni tashish bo‘yicha sinov jarayonini o‘tkazdi va ijobiy natijalarni qo‘lga kiritdi.

Shu asosda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tegishli ishlarning rivojini jadallashtirmoqda hamda shu oydayoq yuklarni tashish bo‘yicha yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi «Jenmin jibao».

Top