16:30 / 01.03.2018
49100

O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan shaxs Peterburgda ushlandi

Foto: Peterburgskiy dnevnik

Peterburgda O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan fuqaro qo‘lga olindi. 

«Operativnoye prikrytiye» yangiliklar agentligi xabariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 32 yoshli shaxs 28 fevral kuni Kostyushko ko‘chasidagi 11-uy yonida qo‘lga olingan. Erkak 2017 yilning oktabridan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 244.2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan ayblanmoqda. Unga sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Top