Leningrad va Novgorod viloyatlari rasmiylari 10 mart, yakşanba kuni urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoqlar haqida xabar berdi. Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenkoning sözlariga köra, Tosnenskiy tumanidagi Fornosovo qişloği yaqinida urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoq tufayli «havo makonini yopiş rejimi» joriy qilingan. Leningrad viloyati hududida uçuvçisiz uçoq yöq qilingani haqidagi ma’lumotni Rossiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqlagan.
Joriy qilingan «Kover» rejasi tufayli Pulkovo aeroporti taxminan bir yarim soat davomida reyslarni qabul qilmadi yoki qöyib yubormadi. Federal havo transporti agentligi ma’lumotlariga köra, uçta samolyot zaxiradagi aerodromlarga yönaltirilgan.
Baza Telegram-kanali «Kover» rejasini joriy etişga Sankt-Peterburgdagi korxonalardan biriga dron yordamida hujum qilişga uriniş sabab bölganini körsatmoqda. «VÇK-OGPU» kanalining yozişiça, hujum nişoni yirik neft korxonasi bölgan, uçta dron Sankt-Peterburgga uçgan: ulardan ikkitasi Novgorod viloyati uzra urib tuşirilgan, biri Leningrad viloyatigaça yetib borgan.
Yonğindan tutun butun Peterburg böylab körindi
Ayni paytda, mahalliy ommaviy axborot vositalari aeroport faoliyatining çeklanişini Volxonskoye şossesi hududida, Gorelovo mintaqaviy sanoat zonasida sodir bölgan kuçli yonğin bilan boğlamoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 1000 kvadrat metr maydondagi yonğin oqibatida ikki kişi jabrlangan. Uning sababi aniqlaştirilmagan.
«Fontanka» naşrining yozişiça, mebel işlab çiqariş angaridagi yonğindan çiqqan qora tutunni Sankt-Peterburgning deyarli barça tumanlari aholisi körgan.
Pulkovo aeroporti faoliyati oxirgi marta 2 mart kuni çeklangan, öşanda ham havo hujumidan mudofaa tizimlari samolyot tipidagi uçuvçisiz uçiş apparatini yöq qilgani haqida xabar berilgan edi.













