10:52 / 03.03.2018
102569

Matematik Uchinchi jahon urushi taxminan qachon boshlanishini hisoblab chiqdi

Foto: Depositphotos

Amerikalik matematik 1823 yildan 2003 yilga qadar bo‘lgan davrda davlatlararo to‘qnashuvlar haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, keyingi jahon urushi qachon boshlanishi mumkin ekanini aniqladi. Bu haqda Science Advances jurnali xabar bermoqda.

Kolorado universitetidan bo‘lgan matematik Aaron Klauzetning fikricha, tinch vaqt va urushlar davri bir-biri bilan almashadi.

«Shu tariqa, urushlar tarixiy modeli shuni aks ettiradiki, uzoq muddatli tinchlik ancha nozik bo‘lishi mumkin. Bu davlatlararo urushlar ehtimolini kamaytiruvchi mexanizmlarni aniqlash bo‘yicha holatlarga qaramay, yuz bermoqda. Modellar ko‘rsatishicha, jahonning urushdan keyingi xaritasi statistik ahamiyatga molik tendensiyaga aylanishi uchun kamida yana 100-140 yil turishi kerak», - deya tushuntiradi Klauzet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi yirik qurolli to‘qnashuv 2150 yilgacha yuz beradi.

Top