BMT 75 yillik faoliyati davomida erishgan bosh yutug‘i ma'lum qilindi
BMT o‘zining 75 yillik tarixi davomida asosiy maqsadiga erishdi: xalqaro tashkilot Uchinchi jahon urushiga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilotning 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosimda aytib o‘tdi.
“Dunyo yetakchilari xalqaro hamkorlikka va qonun ustuvorligiga kelishlari uchun ikkita jahon urushi va Xolokost dahshatlari kerak bo‘ldi. Bu hamkorlik o‘z natijasini berdi: ko‘pchilik yuz berishidan qo‘rqadigan Uchinchi jahon urushining oldi olindi”, deb aytgan bosh kotib.
Guterrishning ta'kidlashicha, shu vaqt davomida zamonaviy tarixda yirik davlatlar o‘rtasida harbiy qarama-qarshiliksiz o‘tgan bunday uzoq davr bo‘lmagan.
“Bu asosiy yutug‘imizdir, BMTga a'zo davlatlar bu bilan faxrlanishlari va bu natija saqlanib qolishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan BMT rahbari. Biroq uning ta'kidlashicha, hali ko‘p narsa qilish lozim.
Guterrish dunyoning asosiy muammolari qatorida gender tengsizligi, iqlim o‘zgarishlari, nochorlik darajasining o‘sishi, adovat yoyilishi, geosiyosiy keskinlik va yadro qurolini aytib o‘tgan.
BMT dunyoda tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, millatlar orasida tenghuquqlik asosida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan. Uning nizomi 1945 yil 24 oktyabrda kuchga kirgan. Bugunda tashkilotga 193 davlat a'zo hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024