Bu haqda respublika prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Bunga Qirg‘izistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq og‘ir epidemiologik vaziyat saqlanib qolinayotgani sabab bo‘lgan.

Shu bilan birga Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov vazirliklar va idoralarga Ikkinchi jahon urushi faxriylari va front ortida jonbozlik ko‘rsatgan kishilarga alohida e'tibor qaratish vazifasini topshirgan. Bunday choralardan biri urush faxriylarining moddiy qo‘llab-quvvatlanishi hisoblanib, ular 75 ming qirg‘iz somi (100 dollarga yaqin) miqdorida pul olishadi.    

Bundan tashqari, G‘alabaning 75 yilligi mahalliy OAVda keng yoritiladi.