11:55 / 05.03.2018
12606
Oskar-2018: Bosh sovrin “Suv shakli” filmiga berildi
Foto: AP Photo / Chris Pizzello

Meksikalik rejissyor Gilermo del Toroning “Suv shakli” filmi 2018 yilgi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi filmi” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

Film nogiron ayol va maxfiy laboratoriyada hosil qilingan mahluq-amfibiyaning muhabbati haqidagi film bo‘lib, undagi voqealar 1960-yillarda kechadi.

Film 13 ta yo‘nalish bo‘yicha sovrin olishga da'vogarlik qildi va bu borada qolgan filmlar o‘rtasida yetakchi bo‘ldi. Film bosh sovrindan tashqari, rejissura, original saundtrek va rassom-postanovkachilar ishi uchun ”Oskar”lar bilan taqdirlandi

G‘olib nomini o‘tgan yildagidek kabi Fey Danauey va Uorren Bitti e'lon qildilar. Bu safar hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. O‘tgan yil ularga noto‘g‘ri konvert berilib, ular g‘olib “Oy shu'lasi” filmi o‘rniga “La-La-Lend” filmini g‘olib sifatida e'lon qilishgandi. 

Bosh sovringa, shuningdek, “Nari ket”, “Byord xonim", “Ko‘rinmas rishta”, “Qorong‘i davrlar”, “Ebbing chegarasida uch bilbord”, “Meni o‘z isming bila ata”, “Dyunkerk" va "Maxfiy ish" filmlari da'vogarlik qilgandi.

Barcha sovrinlar quyidagicha taqsimlandi: 

Eng yaxshi film – “Suv shakli”
Eng yaxshi rejissyor – Gilermo del Toro (“Suv shakli”).
Eng yaxshi aktyor – Geri Oldmen (“Qorong‘i davrlar”).
Eng yaxshi aktrisa – Frensis Makdormand (“Ebbing chegarasidagi uch bilbord”).
Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak rol ijrochisi – Sem Rokuell (“Ebbing chegarasidagi uch bilbord”).
Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol rol ijrochisi  – Ellison Jyenni (“Tonya barchaga qarshi”).
Eng yaxshi operatorlik ishi – Rojyer Dikins (“Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049”).
Eng yaxshi rassom-postanovkachi ishi – “Suv shakli”.
Eng yaxshi qo‘shiq – Remember me qo‘shig‘i (“Koko siri”).
Eng yaxshi saundtrek – “Suv shakli”.
Eng yaxshi original ssenariy – “Nari ket”.
Eng yaxshi adaptatsiyalangan ssenariy – “Meni o‘z isming bilan ata”.
Eng yaxshi qisqa metrajli film – “Soqov farzand”.
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film – “Jannat – bu 405-shossedagi tirbandlik“.
Eng yaxshi animatsion film – “Koko siri”.
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film – “Qadrdon basketbolchi”.
Xorijiy tildagi eng yaxshi film – “Fantastik ayol” (Chili).
Eng yaxshi hujjatli film – “Ikar”.
Eng yaxshi vizual effektlar – “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049”.
Eng yaxshi montaj – “Dyunkerk”.
Eng yaxshi ovoz – “Dyunkerk”.
Eng yaxshi ovoz montaji – “Dyunkerk”.
Eng yaxshi kostyumlar dizayni – “Ko‘rinmas rishta”.
Eng yaxshi grim va soch turmagi – “Qorong‘i davrlar”.

Top