03:10 / 07.03.2018
28818

«Real» safarda ham «PSJ»ni yengib, chorak finalga chiqdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi. 

Parijda kechgan kunning markaziy o‘yinida "PSJ" "Real Madrid"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Madridda kechgan ilk o‘yinda ham 3:1 hisobida "Real" g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa, "Real" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldi. 

PSJ Fransiya – Real Madrid Ispaniya 1:2 

Gollar: 0:1 – 51 Ronaldu, 1:1 – 71 Kavani, 1:2 – 80 Kazemiro.
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Markinos, Verratti, Motta (Pastore, 59), Rabo, Di Mariya (Draksler, 76), Mbappe (Diarra, 85), Kavani.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Vaskes, Kovachich (Kroos, 71), Kazemiro, Asensio (Isko, 82), Benzema (Beyl, 76), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Verratti (20), Kovachich (32), Ramos (78), Kavani (84).
Chetlatish: Verratti (66).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top