10:15 / 08.03.2018
13608
Namanganda yong‘in, ona-bola halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 6 mart kuni soat 08.00larda Gulbog‘ mahallasida yashagan, 1973 yilda tug‘ilgan M.Q.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 08.40larda o‘chirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Yong‘in oqibatida uyining shift qismi va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi M.Q. va uning qizi, 2001 yilda tug‘ilgan D.O.ning kuygan holdagi jasadlari topilgan. 

Yong‘in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Top