10:40 / 15.03.2018
13755

2017 yilda eng ko‘p murojaatlar qaysi tashkilotga yuborildi?

O‘tgan yilda vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p murojaatlar – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborilgan – 134 ming. Bu haqda O‘zA xabarida aytiladi.

Keyingi o‘rinlardan Oliy sud – 89 ming; Bosh prokuratura – 86 ming; Majburiy ijro byurosi – 67 ming; Banklar – 66 ming; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 65 ming; Sog‘liqni saqlash vazirligi – 52 ming; “O‘zbekneftgaz” – 38 ming; “O‘zbekenergo” – 27 ming murojaat bilan joy olgan. 

Mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan asosiy muammolar – uy-joy va yer ajratish muammolari – 14,2 foiz; mehnat va bandlik masalalari – 8,7 foiz; kommunal xo‘jaligidagi muammolar – 7,9 foiz; sud-huquq tizimiga oid masalalar – 7,1 foiz; bank-moliya sohasiga doir – 5,5 foiz; moddiy yordam ko‘rsatish muammolari – 4,14 foiz; ta'lim-tarbiya sohasi bilan bog‘liq muammolar – 3,6 foiz; aliment undirish muammolari – 3,1 foiz. 

Foto: O‘zA

 

Top