02:51 / 15.03.2018
12669

YeChL. Messining dubli "Barselona"ni chorak finalga olib chiqdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

2017/18 yilgi Chempion Ligasi 1/8 finalining so‘nggi o‘yini o‘tkazildi. 

Kataloniyada kechgan "Barselona" - "Chelsi" o‘yinida mezbonlar yirik hisobda g‘alabaga erishdi – 3:0. 

O‘yinning 3-daqiqasida Messi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 20-daqiqada Dembele oradagi farqni 2taga yetkazdi. 63-daqiqada Messi dubl qayd etib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi. 

Jamoaolar o‘rtasida Londonda kechgan ilk o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Shu tariqa, "Barselona" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Barselona Ispaniya – Chelsi Angliya 3:0

Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 20 Dembele, 3:0 – 63 Messi.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitich, Serji Roberto, Inesta (Paulino, 56), Buskets (Andre Gomesh, 61), Dembele (Aleish Vidal, 67), Messi, Suares.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Dzappakosta, 67), Villian, Fabregas, Azar (Pedro, 82), Kante, Alonso, Jiru (Morata, 67).
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (22), Villian (45), Jiru (49), Alonso (75).
Ilk uchrashuv 1:1

Mavzuga oid
Top