«MYu» yevrokuboklardagi iştirokini erta töxtatgandi, keyingi mavsumda Çempionlar ligasida iştirok etişdan umid uzgan va liga kubogini «Nyukasl»ga yirik hisobda yutqazib (0:3) tark etgan. Jamoa muxlislari uçun yagona yupanç Angliya Kubogi bölib qolgan. Finalga çiqiş uçun Çempionşipning sakkizinçi örindagi jamoasi — «Koventri Siti»ni mağlub etiş talab etilardi.
«Yunayted»dagi muammolarga qaramay, bu öyinda favorit aniq edi. Lekin jamoa tarkib borasida ham, öyin borasida ham muammolar girdobida qolgan: ten Hag jarohat tufayli himoya çiziğida Varan, Evans, Martines, Lindelyof va hatto Kambvalani öynata olmaydi. Şu tufayli mudofaa markaziga Maguayr bilan Kazemiro juftligini tuşirişga töğri keldi. Qolaversa, Harri «Bornmut»ga qarşi öyinda oğriq bilan öynagan va bir hafta davomida maşğulotlarda iştirok etmagandi.
Avvaliga «Koventri» umuman hujum qiliş haqida öylamadi, taşabbusni töliq topşirdi (22-daqiqagaça töpga egalik qiliş böyiça körsatkiç 22 foiz edi), butun tarkib bölib maydonning öz qismida qoldi va pressing uyuştirmadi. Bunday taktika ança vaqtgaça iş berdi va raqib hujumçilari heç narsaga erişa olmadi.
Barçasi 23-daqiqada özgardi, Dalot olis ustun tomon ajoyib pas uzatdi, «Koventri» darvozaboni ham, himoyaçilari ham töpga yeta olmadi. Maktominey esa töğri pozitsiya tanlab, mavsumdagi 10-golini urdi. Keyin esa Maguayr burçakdan uzatilgan töpni darvoza töriga joylab, saviyadagi farqni körsatib qöydi.
Ikkinçi bölim boşida esa Brunu raqib jarima maydonida töpni egallab olib, töpni rikoşet orqali yaqin burçakka aniq yönaltirdi. Köpçilik uçun öyin taqdiri hal bölgandek edi, ammo bu mavsumdagi «MYu»ga şunday holatda ham işonib bölmasdi, jamoa bungaça köp marta öz qölidagi ğalabani boy bergandi.
Mavzuga oid
Bu safar ham «Yunayted» raqib erkin harakatlanişiga yöl qöyib berişi qattiq xato bölib çiqdi. «Koventri» darvoza tomon aniq borgan ilk zarbalaridayoq ikkita gol urib, hisobni minimal darajada qisqartirganida ham köpçilik möjiza röy berişiga işonmayotgandi. Ammo Onana nimanidir his qildi va vaqtni çözişga harakat qilib, sariq kartoçka oldi. Bu yordam bermadi — qöşimça daqiqalarda Van Bissaka jarima maydonida töpni qöl bilan öynaşi tufayli penalti belgilandi va öyin overtaymlarga ötdi.
Qöşimça bölimlarda «Koventri» himoyada ötirmadi va hujumlar uyuştirdi. Rayt uzoq masofadan xavfli zarba berdi, Simmsning zarbasi tösinga tegdi. Autsayder jamoa ikkinçi qöşimça bölimda törtinçi golni ham urdi. Ammo Torpning goli ofsayd tufayli bekor qilindi va iş penaltilar seriyasida hal böladigan böldi.
Avvaliga Kazemiro töpni markazga qarata tepdi — darvozabon esa buni kutib turgandi. Ammo «Koventri» safida ham ikki futbolçi xatoga yöl qöydi, Hoylund esa hal qiluvçi zarbasi bilan jamoani finalga olib çiqdi, «qizil iblislar»ning aksar futbolçilari bu ğalabani nişonlaşga ham xijolat böldi. Endi 25 may kuni «Mançester Siti»ga qarşi hal qiluvçi öyin bölib ötadi.
APL doirasida esa hafta örtasida dramatik tarzda Konferensiyalar ligasi yarimfinaliga çiqqan «Aston Villa» avvaliga muammoga duç keldi. Lilldagi öyin qahramoni Keş jarima maydoni içida qoida buzdi, Emiliano Martines zarba yönalişini topa olgan bölsa-da, Solankening kuçli zarbasini qaytara olmadi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Rojyers birminghemliklarni öyinga qaytardi. Yoş futbolçi fint bilan himoyaçini yöldan olib, töpni yaqin burçakka aniq yölladi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar öz odatiga köra öyinni kuçaytirdi va Uotkins yana bir bor serqirra futbolçi ekanini körsatdi. U nafaqat töpurar, balki pleymeykerlik qobiliyatlariga ega futbolçi. Uning Diabiga pasini tur bezagi deyiş mumkin. U ötkir burçakdan pas berganida töp böş darvoza qarşisiga yetib kelgan Beyliga pas bölib bordi va «Villa» öyinga nuqta qöydi. Unai Emeri jamoasi APLda ilk bor bir mavsumda 20 dan ortiq öyinda ğalabaga erişdi va top-4 uçun poygada «Tottenhem»ni olti oçkoga ortda qoldirmoqda, ammo «şporlar» hamon ikkita zaxira öyiniga ega.
Şanba kuni öz öyinida ğalaba qozongan «Arsenal» ortidan «Liverpul» ham uç oçko işladi va turnir jadvalida bu turni ötkazib yuborgan «Mançester Siti»ni quvib ötdi. Muvaffaqiyatsiz oraliqdan keyin qizillar qatorasiga ikkinçi öyinda ğalaba qozonişdi. «Fulhem»ga qarşi öyinning birinçi bölimida Aleksander-Arnold jarima zarbasini a’lo darajada ijro etib hisobni oçdi. Bu uşbu himoyaçining APLda jarima zarbalaridan urgan oltinçi goliga aylandi va u klub rekordçisiga aylanişi ham mumkin. Stiven Jyerrardning natijasigaça yana bitta aniq zarba qoldi. Jyeymi Rednappgaça — ikkita. Birinçi davrada «Enfild»da ğalaba qozonişga yaqin borgan londonliklar (öşanda 3:2 hisobi oxirgi daqiqalarda 3:4 ga aylangandi) taslim bölişni isamadi va tanaffus arafasida hisobni tenglaştirişdi. Ammo ikkinçi bölimda baribir barçasi öz joyiga qaytdi, öyinga nuqta qöygan Diogu Jota yubileyni nişonladi — Angliya klublari safida 100-golini urdi (44 tasi «Vulverhempton»da va 56 tasi «Liverpul»da).
Ispaniya: «Barsa» ikki bor hisobda oldinda bordi, ammo Madrid ğalaba qozondi va oltin uçun poyga mavzusini yopdi
Ispaniya çempionatidagi 188-özaro uçraşuvga jamoalar turliça holatda, ammo odatdagi kabi oltin uçun poyga iştirokçilari sifatida yetib kelişdi. «Real» muxlislari bunday deb hisoblamasligi mumkin, çunki öyin boşlanişi arafasida «Qirollik klubi» kök-anorranglilardan sakkiz oçkoga özib ketgandi. Ammo «Barselona» tomonidagilar baribir boşqaça fikrda edi: bitta ğalaba — va peşqadam bilan oradagi farq beş oçkoga tuşadi. Qolgan olti turda bu farqni yöqqa çiqariş realmi? Qiyin, ammo, imkonli, ayniqsa, madridliklar ikki frontda kuraşayotgani inobatga olinsa.
Ötgan haftada uşbu jamoalar asosiy yevrokubokda turliça natijalar qayd etgandi: «Real» penaltilar seriyasida «Mançester Siti»ni yenggan, «Barselona» esa «PSJ» bilan qarama-qarşilikda safardagi ustunlikni boy berib, öz uyida yirik hisobda tor-mor bölgandi. Endi Xavida qadrdon jamoasi bilan çiroyli xayrlaşiş uçun birgina imkoniyat qolgandi — la ligada yoki heç bölmaganda klasikoda ğalaba qozoniş.
Şu bilan birga klasiko yakunlanişi bilan çempionlik poygasi ham yakunlanişi mumkin edi, şu tufayli bu öyin ahamiyatini baholaş qiyin edi. Qolaversa, bu yerda yana bir kiçik intriga bor edi, ligada «Barselona» — safarda yutqazmagan, «Real» — öz uyida yutqazmagan yagona jamoalar bölib turgandi.
Kataloniyaliklarda iştiyoq kuçliroq ekani öyin boşlanişi bilan közga taşlandi. 6-daqiqadayoq Kristensen Luninni töpga çiqişdagi xatosi uçun jazolab, burçakdan oşirib berilgan töpni darvozaga yölladi. «Mançester Siti» bilan öyin qahramoni bölgan ukrainalik posbon bu safar uyaltirdi.
Ammo «Real» buni şunday qoldira olmadi va tezda javob qaytardi: avvaliga Vinisius golli vaziyatni yöqqa çiqardi, köp ötmay Vaskes penalti işladi. «Real»ning öng qanot himoyaçisi avvaliga Kanseludan osonlik bilan ötib ketdi va jarima maydoni içida Kubarsining oyoğiga borib urildi, ammo qoidaga köra bu — 11 metrlik jarima zarbasi edi. Vinisius ter Ştegenga imkon qoldirmadi va golni uni mazax qilgan holda nişonladi.
Birinçi bölimda jamoalar standart vaziyatlarga alohida ahamiyat qaratişdi, ayniqsa «Barsa» bu vaziyatlarni yaxşi ijro etdi, 28-daqiqada esa ikkinçi golni urişga juda yaqin keldi. Yamalning ayyorona zarbasidan keyin Lunin töpni çiziqdan ötar-ötmas töxtatdi, La Liga uşbu mavsum oldidan golni aniqlaş tizimi böyiça şartnomani bekor qilgani tufayli bahsli holat yuzaga keldi.
VAR bu epizodni juda uzoq vaqt körib çiqdi. «Santyago Bernabeu»dagi kameralardan olingan biror rakurs gol yoki gol emasligiga aniq javob bera olmasdi, yakunda boş arbitr Sesar Soto Gradoning dastlabki qarori töğri deb topildi — hisob özgarmay qoldi.
Bu vaziyat tufayli hakamlar brigadasi birinçi bölimga tört daqiqa qöşib berdi, bu vaqt oraliğida esa Frenki De Yong jiddiy jarohat oldi — mehmonlar havbeki Valverde bilan töqnaşuvdan keyin örnidan tura olmadi. Uni butun stadion olqiş bilan kuzatib qöydi.
Ikkinçi bölim birinçisiga qaraganda ança tinç boşlandi, lekin ikki jamoa ham vaziyatlarga ega böldi. «Real» keskinroq öynadi, Bellinghem esa Vinisius bilan kombinatsiyada darvozaga xavf tuğdirdi. «Barsa» faqat Xavining noodatiy almaştirişlaridan keyin jonlandi: u bittada Levandovski va Rafinyani maydonga oldi, şundan keyin kök-anorranglilar yana oldinga taşlandi. Lunin Yamalning zarbasini qaytardi, ammo Fermin Lopes yaqin masofadan darvozani işğol etdi.
Bu vaqtda 69-daqiqa ötib borayotgandi va «Barselona» vakillari çempionlik poygasiga qaytiş haqida orzu qila boşlasa bölardi, ammo raqib «Real» ekanini unutmaslik kerak edi. Karlo Ançelotti boşqaruvi davrida xarakterli jamoa sifatida ajralib turayotgan madridliklar yakşanba oqşomida buni yana bir bor namoyiş etdi.
Lopesning golidan tört daqiqa ötib mezbonlar yana muvozanatni tikladi — Vinisiusning çap qanotdan bergan uzatmasini öng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Vaskes darvoza töriga yölladi. Bu vaziyatda ham Kanselu uni qöriqlay olmadi.
Köp ötmay braziliyalik futbolçi ikkinçi golini urib «Real»ni oldinga boşlaşi mumkin edi, ammo ter Ştegen yaqin masofadan yöllangan zarbasini tösib qoldi.
Öyinning sönggi qismida «Barsa» tempga doş bera olmay qoldi. 87-daqiqada Eder Militao, Bellinghem va Hoselu golga juda yaqin kelişdi, ammo ğalaba goli qöşimça daqiqalarga qoldirildi. Birinçi davrada bölgani kabi bu safar ham Bellinhem «Barsa» jallodiga aylandi: Angliya milliy jamoasi havbeki yana klasikoda 90-daqiqadan keyin ğalaba golini urdi.
Madridliklarda asosiy tarkib futbolçisi sanalmaydigan Vaskes esa uçinçi golda ham iştirok etib, hal qiluvçi pas muallifi böldi va öyinning haqiqiy qahramoniga aylandi.
Bunday buriliş mehmonlarni butunlay taslim qildi. Jamoa uçun mavsum yakunlandi desa ham böladi: 11 oçkoni yöqqa çiqarib bölmaydi, şu bilan birga YeÇLga yöllanma beruvçi kuçli törtlikdan tuşib ketmaydi. «Real» Xavining oxirgi klasikosida ham ğalaba qozonib, muzeyini navbatdagi sovrin uçun tayyorlamoqda.
«Atletiko» bu öyinda Çempionlar ligasi yöllanmasini naqd qilib qöyişi mumkin edi. Jamoaning bu kuraşdagi yagona raqibi bölgan «Atletik» muntazam ravişda oçko yöqotmoqda va Ispaniya Kubogini qölga kiritganidan buyon ğalaba qozonmayapti. Juma kuni basklar öz uyida Inyaki Uilyams avtogol bilan antiqahramonga aylangan öyinda xavfli zonadagi «Granada»ni yenga olmadi (1:1), ammo şunday holatda ham jamoaning madridliklar bilan farqi uç oçkoga qisqardi.
«Matrasçilar» esa «Alaves»ga yutqazib, antirekordlar kitobini qaytadan yozmoqda. Jamoada safar öyinlari kompleksi saqlanib qolmoqda. Bu safargi mağlubiyat — bu mavsumda barça turnirlardagi öyinlar qöşilganda begona stadionlarda uçralgan 11-mağlubiyat böldi. Bunaqasi Diyego Simeone davrida avval röy bermagandi. Bundan taşqari, «Atletiko» bungaça bir mavsumda uzoq masofalardan bu qadar köp gol ötkazib yubormagandi. Oblak jarima maydoni taşqarisidan ötkazib yuborgan gollar soni öntaga yetdi. Şunday ekan, törtinçi örin uçun kuraş davom etadi. Keyingi turda törtinçi yöllanma uçun da’vogarlar Madridda töqnaşadi.
Leverkuzenliklar çempionlikdan sarmast emas. Aksinça, tarixiy muvaffaqiyatdan keyin «Bayyer» bu mavsumni mağlubiyatsiz yakunlaşga bel boğlagan. Jamoa uç kun içida ikki öyinda sönggi daqiqalarda hisobni tenglaştirib, Yevropa rekordini yanada yaxşilaşdi — mağlubiyatsiz 45 öyin. Ayniqsa Dortmunddagi öyin — hissiyotlar portlaşiga aylandi.
Avvaliga Fyullkrug YeÇL qahramonlaridan yana biri Zabitserning uzatmasidan keyin töpni töxtatmay darvoza töriga yölladi. Keyin butun öyin mobaynida bir-biriga qasd qilib kelgan Şlotterbek va Frimpong töqnaşuvidan keyin maydonda tortişuv yuzaga keldi. Qöşib berilgan yettinçi daqiqada esa Kobel Grimaldoning zarbasidan keyin töpni darvoza «töqqizligi»dan olib çiqdi, ammo keyingi burçak töpi Stanişiçning goli bilan yakunlandi. «Bayyer» yengilmas bölib qolmoqda, «Borussiya» esa kuçli törtlik uçun poygada «Leypsig»dan ortda qolib ketdi. Endi «asalarilar» keyingi turda özining sobiq boş murabbiyi Marko Roze boşqaruvidagi jamoaga qarşi hal qiluvçi safar öyinida maydonga tuşadi.
Kun statistikasi
«Feyyenoord» sönggi ön mavsumda uç marta Niderlandiya kubogi sohibi böldi. Bu uşbu vaqt oraliğidagi eng yaxşi natija.
«Ştutgart» hujumçisi Undav Germaniya çempionatining joriy mavsumida 17 gol urdi. Bu bundesligada nemis debyutantlar uçun Horst Hrubeş davridan (1975/76) buyon eng yaxşi natija.
APLda qatorasiga 20 safar öyinida gol uriş — «Liverpul»ning 1969 yildan buyon eng yaxşi seriyasi.
«MYu» 22-marta Angliya Kubogi finaliga çiqdi va bu borada «Liverpul»ni ortda qoldirdi.
«Gatalasaroy» Turkiya çempionatida 90 oçko töplab, hozirning özida uç oçkolik davrda klub rekordini takrorladi.
Bir mavsumda 131 gol — «Sporting»ning 1947 yildan buyon eng yaxşi natijasi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi