Klub prezidenti Joan Laporta va Xavi iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ispaniyalik murabbiy jamoada qolişiga nimalar turtki bölganini aytib ötdi.
«Klubda boşlagan loyihamiz davom etadi. Fikrimça, bu klub uçun ham yaxşi qaror. «Barsa»ning aşaddiy muxlisiman. Klubda rahbariyat, direktorlar kengaşining özimga nisbatan yuqori işonçini his qildim. Futbolçilarning qöllab-quvvatlaşi ham muhim rol öynadi. Muxlislarga ham menga bölgan işonç va mehr uçun katta rahmat.
Bu klub uçun qölimdan kelgan barça işni qilişga tayyorligimni barça biladi. Klub prezidenti bilan suhbatda öz fikrlarimni bildirdim. Nima qilsak, eng avvalo klub uçun yaxşi bölişi haqida köp öylayman.
Yanvarda jamoadan ketişimni e’lon qilganim sababi, öşanda mavsum yakunida klubni tark etiş – men uçun eng töğri qarordek köringandi. Hozir esa vaziyatga boşqaçaroq qarayapman.
Barçadan minnatdorman va fikrimça, men endi eng yaxşi qarorni qabul qildim», - deydi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, Xavi 28 yanvar kuni «Vilyarreal»dan uçralgan mağlubiyatdan (3:5) keyin mavsum yakunida jamoani tark etişini e’lon qilgandi. Şundan söng murabbiy bu fikridan qaytmasligini bir neça marta takrorlagandi.
Ma’lumot uçun, «Barsa» ötgan haftada YeÇL çorakfinalida turnirdagi iştirokini töxtatgan bölsa, La Ligada 70 oçko bilan peşqadam «Real»dan 11 oçko ortda qolmoqda.












