09:15 / 15.03.2018
7769
Namangandagi propan gaz quyish shoxobchasida qisqa tutashuv va yong‘in yuz berdi

Namangan viloyatining Chortoq tumanida 13 mart kuni soat 23.35larda “Bek” MChJga qarashli Arbag‘ish mahallasida joylashgan avtomashinalarga propan gaz quyish shoxobchasida elektr dvigateli ishlashi natijasida kompressorda sodir bo‘lgan qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida shu shoxobcha operatori D.B. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Top