23:40 / 22.03.2018
13891
Jamoatchilik nazorati: mobil xabarlar natijasida huquqbuzar haydovchilarga jarimalar yozilmoqda

Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish o‘z samarasini bera boshladi. Shahar IIBB YHXBning saytida yo‘llardagi huquqbuzarliklar bo‘yicha mobil ma'lumot berish imkoni taqdim etilgani shahar ko‘chalarida qoidabuzarliklarga qarshi kurashishda yordam bermoqda. IIV rahbari o‘rinbosari, Toshkent ShIIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev Yakkasaroy tumanida o‘tkazgan ochiq muloqotida shu haqda ma'lum qildi. 

“YHXB o‘z saytini ochdi. Unda bir funksiya kiritilgan, “mobil muxbir” degan. Haydovchilar avtomobillariga o‘rnatilgan videoqayd qilish moslamasi orqali qayd qilingan qoidabuzarlikni boshqarmaga taqdim etishlari mumkin. 18 kun ichida 60ta shunday videolavha keldi. Ularning 51tasi bo‘yicha holatlar tasdiqlandi. Ularga ma'muriy bayonnomalar tuzildi. 51 holat bo‘yicha 34 mln so‘mlik jarimalar solindi”, - deya ma'lum qildi ShIIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev. 

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev
Top