Senatning XX yalpi majlisida Milliy gvardiya qömondoni, general mayor Rustam Jörayev talabgorlarning farzandlikka oluvçilar röyxatida yillab navbatda turişlari, amaldagi tartibning qiyinligi odamlarni noqonuniy yöllar bilan bola sotib olişga majbur qilayotganini ta'kidladi.

Rustam Jörayev / Foto: Senat axborot xizmati

«Prezident farmon va qarorlari asosida Milliy gvardiyaga respublikadagi mehribonlik uylari, bolalar şaharçalari va uylari biriktirilgani, “SOS” bolalar mahallalari bilan hamkorlik qiliş vazifasi yuklatilganidan söng ötkazilgan örganişlarimiz davrida bolani farzandlikka oliş istagida yurgan ota-onalar soni haddan taşqari köpligi aniqlangan. Jumladan, respublikada faoliyat yuritayotgan 13 ta bolalar uylarida jami 504 nafar bola tarbiyalanayotgan bölsa, ularni farzandlikka oliş uçun hozirgi kunda navbatda 5792 nafar fuqaro turganini körişimiz mumkin.

Fuqarolar yillar davomida farzandlikka oluvçilar röyxatida navbatda turişlari ular tomonidan qonuniy hujjatlar rasmiylaştiriş jarayonini çetlab ötib, noqonuniy yöllar bilan bola sotib oliş darajasiga yetib bormoqda. 2017−2021 yillar mobaynida bola savdosi böyiça 206 ta jinoiy holat aniqlangan. “ZörTV” telekanali bilan birgalikda “Farzandim jigarbandim” körsatuvi namoyiş etilgandan söng, fuqarolarning murojaatlari keskin oşdi. Şu sababli Milliy gvardiyada Call-center taşkil etişga majbur böldik.

Hozir bolani farzandlikka oliş masalasida kuniga örtaça 53 tadan ortiq murojaat bölmoqda. 20 kun içida jami 1057 nafar fuqaro murojaat qildi. Ularga maslahat berib, töğridan töğri muassasalar bilan boğlayapmiz va nazoratga olyapmiz. Hozirgi kunda mehribonlik.uz saytini taşkil etiş jarayonidamiz va yaqin kunlarda test rejimida işga tuşiramiz”, deya Rustam Jörayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Milliy gvardiya qömondoni avgust oyidan buyon mehribonlik uylaridagi bolalar soni 670 nafarga kamayganini ma'lum qildi.

«Joriy yilning avgustida yetim bolalar tarbiyalanayotgan muassasalarda ikki yarim mingdan ortiq bola bölgan bölsa, hamkorlikda olib borilgan işlarimiz natijasida ularning soni 670 nafarga kamaydi. Şundan 69 nafari öz ota-onasiga qaytarildi, 28 nafari yaqin qarindoşlariga vasiylik belgilanib, tarbiyaga berildi, 88 nafari esa bola olişga xohiş bildirgan fuqarolar tomonidan asrab olindi, 229 nafari yangi taşkil etilgan 37 ta bolalar uylariga berildi. Hozirda muassasalarda 1851 nafar bola saqlanmoqda va tarbiyalanmoqda.