17:11 / 28.03.2018
9466

Amazon «Taxtlar o‘yini» raqobatchisiga 1 mlrd dollar sarflamoqchi

Foto: HBO

Amazon kompaniyasi HBO tomonidan yaratilgan «Taxtlar o‘yini» seriali raqobatchisi uchun 1 mlrd dollar sarflaydi. Bu haqda Vanity Fair xabar bermoqda.

Iddao etilishicha, gap «Uzuklar hukmdori»ning yangi versiyasi haqida ketmayapti. Uning qiymati 500 mln dollarga baholangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Amazon xitoylik fantast yozuvchi Lyu Tsisinning «Uch tana vazifasi» mashhur kitoblar seriyasini ekranlashtirish borasida muzokaralar olib boryapti. Taxminlarga ko‘ra, hammasi bo‘lib uchta mavsum bo‘ladi.

Ayni damda huquqlar Youzu Interactive egasi Lin Tsiga tegishlidir.

Mavzuga oid
Top