Milliy seriallarni ğoyaviy-badiiy va texnik jihatdan jozibali, hamma qiziqib köradigan darajaga yetkaziş zarurligi ta’kidlandi. 

Şu maqsadda “Milliy seriallar işlab çiqariş konsepsiyasi” işlab çiqiladi. Unda, avvalambor, mahalliy ijodkorlarga, xususan, ijroçi san’atkorlar, dramaturg va rejissyorlar uçun zamonaviy şaroitlar yaratişga alohida e’tibor qaratiladi. 

Buning uçun erkin iqtisodiy zona – Cinema Park taşkil qiliş lozimligi körsatib ötildi.

Vazirlar Mahkamasiga Cinema Park uçun davlat-xususiy şeriklik asosida Toşkent viloyati hududidan 50 gektar yer maydoni ajratiş böyiça taklif kiritiş topşirildi.

Buxoro, Samarqand, Toşkent viloyatlari hokimlariga öz viloyatlarida “erkin iqtisodiy kinohududlar” barpo etiş böyiça loyihalarni boşlaş topşirildi. 

Buyuk ajdodlarning ibratli hayot yöli haqida köp qismli animatsion filmlar yaratişni ham nazarda tutiş lozimligi körsatib ötildi.