Jamiyat | 19:41 / 03.04.2018
175226
3 daqiqa o‘qiladi

“Boriga baraka” shousi shartlari qimorga kiradimi?

Foto: “ZO’R” TV

Bugun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘rsatuvlar bir-biridan rang-barang, bir-biridan qiziqarli. Mazmunan turfa xil. Ana shunday ko‘rsatuvlardan biri “Boriga baraka” shousi. Bu ko‘rsatuv el orasida anchayin tez ommalashdi va shunga yarasha ayrim gap-so‘zlar ham paydo bo‘ldi. Ya'ni bu ko‘rsatuvda qatnashib, o‘ynash qimorligi haqda. Savollar.islom.uz portaliga yuborilgan savollardan biri aynan shu haqda bo‘ldi.

“Assalomu alaykum! Hozirda telekanallardan birida BORIGA BARAKA ko‘rsatuvi berilmoqda. Juda ko‘p insonlar shunda ishtirok etishmoqda. O‘yin sharti: 5000 so‘m ularning hisobiga o‘tkazgandan keyin ishtirokchiga aylaniladi. O‘yinda ishtirokchini shu pulni o‘tkazgan insonlardan tanlab olishadi. Keyin shu o‘yinga taklif qilishadi va u inson nimadir yutib olishi aniq. Shu o‘yin qimor shartlariga to‘g‘ri keladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay'ati ushbu savolga quyidagi tartibda javob bergan:

“Va alaykum assalom! Ha qimor bo‘ladi, chunki ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ۝

90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz.

إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاء فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللّهِ وَعَنِ الصَّلاَةِ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ۝

91. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni istaydir. Endi to‘xtarsizlar?!

Vallohu a'lam!”.

Mavzuga oid