8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

00:12 / 21.04.2018 6208

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘z chegaralarining demarkatsiyasini muhokama qildi 

Foto: UzDaily.com

16-20 aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalari va O‘zbekiston-Qozog‘iston demarkatsion komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasining demarkatsiyasi uchun yakuniy materiallarni tayyorlash bo‘yicha birgalikdagi ish davom ettirilgan.

Tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasining demarkatsiyasini tezlashtirish uchun birgalikda maydon tadqiqotlarini davom ettirish zarurligiga kelishib olishgan.

Yig‘ilish do‘stona, o‘zaro hamfikrlik muhitida va sermahsul o‘tgan. Tadbir yakunlariga ko‘ra Bayonnoma imzolangan.

Top