22:26 / 24.04.2018
5210

Ford Fiesta xetchbegi “yuk mashinasi”ga aylantirildi

Ford kompaniyasi joriy avloddagi Fiesta modeli qatorini kengaytirib, unga xetchbekning Sport Van deb nomlangan yuk mashinasi modifikatsiyasini qo‘shdi. Yangi modifikatsiyada standart mashinadan farqli orqa o‘rindiqlar yo‘q – uning o‘rnini uzunligi 1,3 metrlik yukni joylasa bo‘ladigan yuk bo‘limi egallagan.

Foto:motor.ru

Mashinaning intereri yeyilishga chidamli materiallardan tarkib topgan, yo‘lovchilar va yuk bo‘limlari to‘rli to‘siq bilan ajratilgan. Mashina 500 kg yuk ko‘tara oladi. Ford Fiesta Sport Van kapoti ostida 125 ot kuchiga ega bir litrli turbomotor yoki 120 ot kuchiga ega 1,5 litrli dizel dvigatel o‘rnatilishi mumkin. 

Mashina 8 dyuymli displeyga ega SYNC 3 multimedia tizimi, dvigatelni masofadan o‘t oldirish va avtomobil bort tizimlaridan ma'lumot olishga imkon beruvchi simsiz modem FordPass Connect bilan jihozlangan va Apple CarPlay, Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Foto:motor.ru

Mashinaning elektron yordamchilari ro‘yxatidan piyodalarni aniqlash funksiyasiga ega to‘qnashuvlar oldini olish tizimi, moslashuvchan kruiz-kontrol, ko‘rinmas hududlarni monitoring qilish va yo‘l belgilarini tanish tizimi kiradi.

Foto:motor.ru

Joriy avloddagi Ford Fiesta xetchbegi 2016 yil noyabrda debyut qilgan. Modelda platforma saqlab qolingan, biroq o‘lchamlari kattalashtirilgan va ikkita yangi versiya: barcha yo‘llarda yura oluvchi Active va hashamatli Vignale versiyalarini olgan.

Foto:motor.ru

 

Mavzuga oid
Top