Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM va Ford’ning qator zavodlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi
Avvalroq yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi tufayli Yaponiyaning Toyota va Nissan hamda Amerikaning Stellantis kompaniyalari faoliyatini to‘xtatishi xabar qilingandi.
AQShning General Motors kompaniyasi Shimoliy Amerikadagi sakkizta zavodi faoliyati ikki haftaga to‘xtatilishini ma'lum qildi.
Kompaniya bayonotiga ko‘ra, 6 sentyabrdan Fort-Ueyn (Indiana shtati) va Meksikaning Silao shahridagi zavodlari bir haftaga to‘xtaydi. Uentzvill (Missuri shtati) shahridagi pikap va katta furgonlar ishlab chiqaruvchi zavod ikki haftaga yopiladi. Asosan yo‘ltanlamaslar ishlab chiqariluvchi boshqa zavodlar ham ikki hafta yoki undan ko‘proq muddatga faoliyatini to‘xtatadi.
Bayonotda aytilishicha, bunga yarimo‘tkazgichlar yetkazib berishdagi muammolar sabab bo‘lgan.
Yana bir yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi Ford Motor kompaniyasi ham Kanzasdagi zavodi ikki haftaga yopilishini e'lon qildi. Bundan tashqari, Dirborn (Michigan shtati) va Luisvilldagi (Kentukki shtati) zavodlarda ish smenalari qisqartiriladi.
Avvalroq yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi tufayli Yaponiyaning Toyota va Nissan hamda Amerikaning Stellantis kompaniyalari faoliyatini to‘xtatishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.06.2026
Ford arzon elektr pikapni chiqarishni rejalashtirmoqda
18:47 / 16.06.2026
Uzunligi qariyb 6 metr - Amerikadagi eng mashhur avtomobil nomi e’lon qilindi
22:35 / 11.08.2025
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
21:36 / 20.11.2024