Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford krediti to‘lanmagan mashinani kompaniyaga qaytaradigan avtopilotni patentladi
Agar mijoz kredit to‘lovini kechiktirsa, avtomobilning ba’zi funksiyalari cheklab qo‘yiladi.
Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi avtokreditlarni to‘lamaslikka qarshi turli usullar bilan kurashuvchi texnologiya uchun patent oldi.
Usullar orasida ba’zi funksiyalarni cheklab qo‘yish, masalan GPS-navigatorni yoki konditsionerni o‘chirish yoki har safar mashinaga o‘tirganda yoqimsiz tovush chiqarish kabilar bor.
Patentning yana bir bandi avtopilot bilan bog‘liq. Agar kredit to‘lovi amalga oshirilmasa u avtomobilni kompaniyaga yoki chiqindi poligoniga olib borishi mumkin. Yana bir variant - avtomobilni butunlay blokirovka qilish, bunda egasi kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirmaguncha uni boshqara olmaydi.
Ford 2021 yildayoq AQSh Patent idorasiga bu haqda ariza topshirgan va hozirda u tasdiqlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, patentni olish bunday texnologiyalarning amalda joriy etilishini anglatmaydi. Shuningdek, bunday avtopilotdan foydalanish uchun avvalo rivojlangan avtonom boshqaruv tizimi ishlab chiqilishi va u regulyator tomonidan tasdiqlanishi kerak.