19:34 / 27.04.2018
5963

Unai Emeri «PSJ»dan ketishini e'lon qildi

Foto: Goal.com

«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri mavsum yakunlangach, o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda u maxsus matbuot anjumanida ta'kidlab o‘tgan.

«Klub rahbarlariga, xodimlariga va sport direktoriga bu haqida aytganman. Mavsum so‘ngida jamoani tark etaman. Chempionlikdan so‘ng kurashadigan yana bitta sovrin — kubok qolmoqda. Shundan so‘ng barchasi tugaydi», deya Emerining so‘zlarini keltiradi ESPN.

46 yoshli ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan buyon «PSJ»ni boshqarib kelayotgandi. O‘tgan ikki mavsumda u Fransiya chempioni, Fransiya kubogi (joriy mavsumda ham jamoa finalga chiqqan. Endi o‘tkazadi), Fransiya ligasi kubogi(ikki marta) va Fransiya superkubogida (ikki marta) zafar quchgan.

Top