07:49 / 02.05.2018
22118

Maktab direktorining o‘rinbosari hokim o‘rinbosariga aylandi

Gulzar Sherniyazovna Mambetniyazova. Foto: KUN.UZ

Gulzar Sherniyazovna Mambetniyazova Chimboy tumani hokimining o‘rinbosari - xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kruz tuman hokimligiga asosan xabar bermoqda.

G.Mambetniyazova shu kunga qadar 32-sonli maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab keldi.

Shu kunga qadar tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida Zoya Orazbayevna Yerjanova ishlab kelgan edi.

 

Top