Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan joylarda mansabdor şaxslarning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Qöştepa tumani prokurori örinbosari öz xizmat mavqeyidan foydalanib, maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbaridan 2000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

Aniqlanişiça, u tuman prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, ayblov xulosasi tuman sudiga yuborilgan maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbariga nisbatan sud organlaridagi tanişlari orqali ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo tayinlanmasligiga hamda JKning 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qiliş) qöllanilmasligiga yordam berişi evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan va muqaddam 1000 AQŞ dollari olgan.

Namangan viloyatining Çortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bilan özaro til biriktirib, joriy yilning aprel oyida ğallaçilik va sabzavotçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini f/x ixtiyoriga qaytarib beriş hamda xöjalikning bajarilmagan ğalla ekiş rejasini ijobiy hal qilib beriş evaziga 2,5 ming AQŞ dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda agrofirma rahbari söralgan pul mablağidan 1000 AQŞ dollari va 5 mln. söm olgan vaqtida uşlandi. Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, talab qilingan pul mablağidan 100 AQŞ dollarini olib, qolgan qismini özida saqlab turişi haqida agrofirma rahbariga topşiriq bergan vaqtida Çortoq tumani hokimi örinbosari aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Ta’kidlaş lozimki, agrofirma rahbari fermerning uşbu masalasini hal qilib beriş böyiça avvalroq 3 mln söm olgan.

DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Angren şahar elektr ta’minoti korxonasi boşliği örinbosari öz rahbarining oğzaki topşiriğiga asosan, savdo faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJning transformatorini elektr tarmoğiga ulab, tegişli hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga xizmat xonasida 40 mln. söm miqdorida pora olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Şuningdek, Angren şahar elektr ta’minoti korxonasi boşliği ham protsessual tartibda uşlandi.

DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boşliği öz xizmat mavqeyidan foydalanib, tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uçun kadastr hujjatlarini tayyorlab beriş evaziga, özining xizmat xonasida 25 ming AQŞ dollari miqdorida pora olgan vaqtida uşlandi.