Xorijlik olim yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini oliş uçun “Xalqaro huquq” ixtisosligi böyiça “Xalqaro savdoni tartibga soliş tizimi istiqbolini baholaş: Jahon savdo taşkiloti (JST) va mintaqaviy savdo bitimlari” mavzusidagi işini himoya qildi. 

Tadqiqotçi öz oldiga bir neça maqsadlarni qöygan. Masalan, xalqaro huquqiy muammolar yeçimini ta’minlovçi zamonaviy huquqning amaldagi me’yorlari asosida ilmiy-nazariy va amaliy taklif, tavsiyalar işlab çiqiş. Bu taklif va tavsiyalar mamlakatimizning xalqaro savdoni tartibga soliş şakllariga, iqtisodiy ösişga va mintaqaviy integratsiyaga qanday ta’sir qilişini örganişga qaratilgan. 

Şuningdek, olim JST bilan va mintaqaviy savdo bitimlari ahamiyatini örganişga alohida e’tibor qaratgan. Zamonaviy global munosabatlarning muhim jihatlarini tadqiq etgan. Mintaqaviy savdo bitimi zamonaviy savdo boşqaruvida muhim örin tutib, iqtisodiy hamkorlikni rağbatlantiradi, a’zo mamlakatlar örtasida savdoni osonlaştiriş vositasi sifatida namoyon böladi.

Xalqaro savdoni tartibga soliş sohasiga munosib hissa qöşadigan uşbu ilmiy iş JST doirasida mintaqaviy savdo bitimlarini boşqariş tizimini takomillaştiriş, xalqaro savdoni yanada samarali va adolatli tartibga solişni rağbatlantirişga qaratilgan amaliy-siyosiy tavsiyalar taqdim etadi. 

Şuningdek, savdo bitimi işlab çiqişda jamoatçilik iştiroki ahamiyatini ta’kidlaş, biznesda savdo bitimidan öz manfaati yölida samarali foydalaniş strategiyasini işlab çiqiş yöllarini tadqiq etadi.