22:52 / 03.05.2018
13174

Emeri: «Manchester Siti»da Gvardiola xo‘jayin, «PSJ»da esa...»

Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoada kim yetakchi ekani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bir kuni Xorxe Valdano menga «Barselona»da Messi yetakchi, «Real»da - Florentino Peres, «Atletiko»da — Simeone ekanini aytdi. Bu holatlarda futbolchi, prezident va murabbiy yetakchi ekanini ko‘rishimiz mumkin. 

«PSJ»da esa yetakchilik vazifasini Neymar bajaradi. U klubga yetakchi va dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kelgan. Biroq, unga biroz vaqt kerak. Agar «Manchester Siti»da Xosep Gvardiola xo‘jayin bo‘lsa, «PSJ»da Neymardir», — deb Emeri so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Top