01:07 / 11.05.2018
16570

Eron unga raketalar nima uchun kerakligini aytdi

Foto: AFP 2018 / Atta Kenare

Tehron ommaviy qirg‘in uchun mo‘ljallangan raketalar ishlab chiqmaydi, AQSh va uning ittifoqdoshlari esa Eronni o‘zini mudofaa qilish huquqidan cheklay olmaydi, deb aytildi Eron hukumati bayonotida.

“AQSh va uning ittifoqdoshlari Eronning qonuniy mudofaa vositalariga, jumladan  an'anaviy qurolni yetkazish uchun ishlab chiqilgan raketa mudofaasiga cheklov qo‘ya olmaydi”, deyilgan bayonotda.

Eron hukumatining ta'kidlashicha, bunday qadam xalqaro huquq tamoyillari, jumladan mudofaa huquqining “ochiqchasiga buzilishi” hisoblanadi.

Bir qator g‘arb va Yaqin Sharq davlatlarining Eronning mintaqadagi ta'siridan xavotiri ortida Tehron Iroq va Suriyada qonuniy qolayotgani hamda aynan Eronning Bag‘dod va Damashqni qo‘llab-quvvatlashi ekstremizmga qarshi kurashda samarali bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. 

Mavzuga oid
Top