16:10 / 23.05.2018
24575

Qalbaki 50 ming so‘mlikni yasagan shaxs ushlandi – IIV

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Parkent tumani IIBga 2018 yil 23 martdagi kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil mart oyi mobaynida Parkent tumani MIB xodimlari tomonidan tumanda yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlarni yig‘ish vaqtida qabul qilingan pullar orasida bir dona 50 000 so‘mlik kupyura haqiqiyligiga shubha uyg‘otganligi sababli tekshirilganida, qalbaki ekanligi aniqlangan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan A.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Top