12:01 / 28.05.2018
16917
O‘zbekiston jahon pasportlari indeksida 5 o‘ringa ko‘tarildi
Foto: KUN.UZ

Henley & Partners yillik pasportlar indeksi dunyoning 200dan ortiq mamlakatlari va hududlaridagi viza qoidalarini tahlil qiladi hamda ularni vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati bo‘yicha ajratib chiqadi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston olti pozitsiyaga ko‘tarildi va 76-o‘rinni egalladi - mamlakat fuqarolariga 59 davlatga vizasiz borish mumkin, ular orasida Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Uganda, Madagaskar va boshqalar bor.

Hindiston ham O‘zbekiston bilan 76-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu davlat fuqarolari ham vizasiz 59 mamlakatga tashrif buyurishi mumkin.

MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Ukrainada (38-o‘rin, 128 mamlakat). Undan keyin Moldova (45-o‘rin, 121ta mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 118 mamlakat) joy oldi.

Reyting yetakchisi ham o‘zgardi - endi Germaniya o‘rniga bu Yaponiya, ushbu davlat fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borishi mumkin. Ikkinchi o‘rin Germaniya va Singapurda (188 mamlakat), uchinchi: Finlyandiya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Janubiy Koreya (187 mamlakat).

Top