Heritage Foundation tadqiqot markazi “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2024” hisobotini e’lon qildi.
Unda Özbekiston 184 ta mamlakat orasida 55,9 ball bilan 103-örinni egallagan. Sönggi hisobotga köra, mamlakat reytingi 0,6 ballga yomonlaşgan bölsa-da, 6 poğonaga yuqorilagan va iqtisodiyoti erkin bölmagan mamlakatlar guruhidan joy olgan.

Iqtisodiy erkinlik indeksida respublika 12 ta indikatorning 6 tasida ijobiy özgarişlarni qayd etgan, 3 ta indikatorda esa salbiy özgarişlar kuzatilgan. Şuningdek, yana 3 ta indikator böyiça narijalar özgarişsiz qolgan.
Fiskal salomatlik (-13,2 ball) va davlat xarajatlari(-4,5 ball) masalasida ahvol sezilarli darajada yomonlaşgan. Bunga oxirgi 4 yildan beri budjet defitsiti körsatkiçlariga amal qilinmayotganligi sabab bölgan bölişi mumkin.
1996-2023 yillarda Özbekistonga berilgan umumiy ballning özgariş dinamikasi

“Özbekistonda umumiy qonun ustuvorligi zaif. Mamlakatdagi mulkçilik huquqi, sudning samaradorligi va hukumat yaxlitligi reytingi jahondagi örtaça körsatkiçdan past”, deyiladi hisobotda.
MDH mamlakatlari orasida eng yaxşi körsatkiçlarni Armaniston (47-örin) va Qozoğiston (62-örin) qayd etgan. Keyingi poğonalardan Ozarboyjon (70-örin), Moldova (99-örin), Qirğiziston (112-örin), Rossiya (131-örin), Tojikiston (137-örin), Belarus (153-örin) va Turkmaniston (162-örin) örin olgan.
Umumiy reytingning eng yuqori 3 ta poğonasini Singapur (83,5 ball), Şveytsariya (83 ball) va Irlandiya (82,6 ball) egallagan bölsa, eng quyi örinlarda Venesuela (28,1 ball), Kuba (25,7 ball) va Şimoliy Koreya (2,9 ball) qayd etilgan. 8 ta davlat: Afğoniston, Iroq, Liviya, Lixtenşteyn, Samoli, Suriya, Ukraina va Yamanga turli sabablarga köra reyting berilmagan.
Umumiy iqtisodiy erkinlik böyiça örtaça körsatkiç ötgan yilgi 59,3 ballda 58,6 ballga tuşgan. Bu sönggi yigirma yillikdagi eng past körsatkiç hisoblanadi.













