Vazirlar Mahkamasining «Raqobat muhitini baholaşning samarali tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 yanvarda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan har yili Senatga axborot beriladigan Raqobat rivojlanişi indeksi joriy qilingan.
Hujjatga muvofiq, quyidagi vazirlik va idoralar har yili 1 aprelga qadar Raqobat qömitasiga indeksni şakllantiriş uçun kerak bölgan ma’lumotlarni taqdim etadi:
- Davlat aktivlarini boşqariş agentligi;
- Statistika agentligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Transport vazirligi.
Taqdim etiladigan ma’lumotlar:
tegişli bozorlarda davlat uluşlarini qisman yoki töliq sotiş uçun davlat tomonidan huquqiy hujjat qabul qilinişi kerak yoki kerak emasligi töğrisida ma’lumot;
davlat korxonalarini boşqariş mexanizmlari töğrisida ma’lumot;
davlat xaridlari va ommaviy tenderlarda iştirok etiş talablari;
davlat xaridlarida berilgan imtiyozlar (agar mavjud bölsa);
qonunçilik hujjatlarini işlab çiqişda manfaatdor şaxslarning iştiroki töğrisida umumiy ma’lumotlar va asoslovçi hujjatlar va boşqalar.
Taqdim etilgan ma’lumot asosida indeks şakllantiriladi va OAVda e’lon qilinadi. Raqobat qömitasi har yili 1 iyunga qadar Senatga ötgan yildagi davrdagi indeksning holati böyiça hisobot beradi.











