8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

18:10 / 14.06.2018 19060

Putin Tramp va Kim Chen In uchrashuviga o‘z munosabatini aytdi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvini yuqori baholaydi.

«Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning yaqinda, 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvi natijalarini ma'qullaymiz hamda yuqori baholaymiz», - deya ma'lum qilgan Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv Koreya yarim oroli atrofidagi umumiy keskinlik darajasini pasaytiradi.

«Biz shundan kelib chiqmoqdamizki, bu to‘la shakldagi yechim topish yo‘lida qo‘yilgan faqatgina birinchi qadamdir. Biroq, har ikki yetakchining yaxshi niyati tufayli bu qadam qo‘yildi», - dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Tramp va Kim Chen In uchrashuviga munosabat bildirgandi

Top