Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Tramp va Kim Chen In uchrashuviga munosabat bildirdi
Foto: ANADOLU /KEVIN LIM
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Tramp hamda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Singapurda bo‘lib o‘tgan sammitiga munosabat bildirdi.
«Bu uchrashuv natijalarini hali substantiv tarzda tahlil qilish kerak. Biroq, bunday uchrashuv ro‘y bergani hamda bevosita muloqot boshlanganini faqat ma'qullash kerak», - dedi Peskov.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, uchrashuv vaziyatni bir necha oy avval yuzaga kelgan nozik nuqtadan uzoqlashtirdi. Bundan tashqari, Peskov Putinning bu masala bo‘yicha pozitsiyasini eslatdi.
«Muammoga yechim topishning siyosiy-diplomatik uslublaridan boshqa muqobili yo‘qdir. Yagona ehtimoliy yo‘l - bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘li», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen In bir-birining taklifiga rozi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:50
Narkotuzoq, urush va tirik qolish uchun kurash – Luhansk va Donetskdan qaytgan ikki yigit hikoyasi
09:58
Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:22 / 22.05.2026