20:00 / 15.06.2018
11363

Namanganda qarindoshining umriga zomin bo‘lgan shaxs ushlandi

14 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi I. T. qarindoshi J.T.ning uyida o‘zaro janjallashib J.T. tanasining turli joylariga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Natijada J.T. voqea joyida vafot etgan. I.T. esa qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top