Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 38 yoshli ayol qotillikka qo‘l urdi
Urganch shahrida o‘z tanishini uyiga chaqirib, ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan hamda murdani hovlisiga ko‘mib qo‘ygan ayol qamoqqa olindi. Jinoyat bo‘yicha tergov harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Urganch shahrida mudhish qotillik jinoyati sodir etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat 17 aprel kuni shaharning Hamjihatlik mahallasida sodir etilgan. 1986 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan, 1975 yilda tug‘ilgan tanishini uyiga chaqirgan.
Suhbat chog‘ida ikki ayol o‘rtasida pul oldi-berdisi masalasida nizo kelib chiqqan va bu o‘zaro janjalga aylangan. Janjal paytida uy egasi ro‘mol bilan mehmon ayolning bo‘ynidan bo‘g‘ib, uni o‘ldirgan. So‘ngra qilgan jinoyatini yashirish maqsadida murdani hovlidan chuqur qazib, ko‘mib qo‘ygan.
Jinoyat tergov-tezkor guruhi tomonidan qisqa fursatda fosh etilgan. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda jinoyat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, jinoyat 20 aprel kuni viloyat Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov, viloyat IIB boshlig‘i va viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, sektor rahbarlari va jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan.
Mavzuga oid
15:22 / 04.11.2025
Farg‘onada ota aliment bo‘yicha chiqqan janjal oqibatida xotini va 2 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi
13:56 / 29.10.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
21:45 / 16.10.2025
Bozorda pichoqlab o‘ldirilgan qizaloq: bu qotillik yuz bermasdi, agar...
12:15 / 13.10.2025