19:59 / 01.07.2018
22400

To‘qqiz kamerali smartfon ishlab chiqarildi

Light kompaniyasi to‘qqiz kamerali smartfonni ishlab chiqardi. Qurilmaning rasmiy taqdimoti yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Washington Post shu haqida xabar berdi.

Manbada ta'kidlanishicha, yangi smartfonning bir necha prototipi ishlab chiqilgan: besh va to‘qqiz kamerali. Mutaxassislarning g‘oyasiga ko‘ra, qurilmada olingan suratlarning o‘lchami 64 megapikselni tashkil qiladi.

Foto: Courtesy Of Light

Bo‘lg‘usi devaysning narxiga doir ma'lumotlar hozircha yo‘q. 

Light bunday noodatiy texnik qurilmalarni birinchi marta ishlab chiqarishi emas. Bundan avval ishlab chiqaruvchilar 16 obektivli kamerani namoyish qilishgan edi. Qurilma 52 megapikselgacha suratlarni olishga qodir. Har bir kamera bir vaqtning o‘zida suratga olib, keyin 16 tasi avtomatik ravishda bir fotoga birlashtiriladi. 

Mavzuga oid
Top