09:41 / 02.07.2018
19118

Google xaritalarida Qrim ko‘prigi ukrain tilida izohlandi

Google Maps servisi o‘zining yangilangan xaritasida yaqindagina Rossiya tomonidan barpo etilgan Qrim ko‘prigini ukrain tilida izohlagan, deb yozadi RIA Novosti.

Xaritadan ko‘rinishicha, Taman tomonidan ko‘prik rus tilida izohlangan, Qrim tomonga yaqinlashish bilan ukrain tilida «Krimskiy Mist» yozuvi paydo bo‘ladi.

Skrinshot

Yarimorolni Rossiyaning materik qismi bilan bog‘lovchi ko‘prik Google xaritalarida ikki kun kech paydo bo‘ldi. Bu holatda Tamandan Kerchgacha ko‘prik orqali yo‘nalish belgilashga Google Maps servisi izn bermaydi va eski paromli o‘tkazish yo‘lini taqdim etadi.

Qrim ko‘prigi Rossiya tomonidan barpo etilgan eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 km.ni tashkil etadi. Unda avtomobil qatnovini yo‘lga qo‘yish 2018 yilning so‘ngiga mo‘ljallanayotgan edi, biroq ishlar muddatidan avval yakunlangan.

Top