Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk NV naşri bilan suhbatda köprikni aynan Ukraina portlatgani, reja muallifi özi bölganini rasman tasdiqladi.

«Maxsus operatsiya rejasini men va ikki işongan xodimim işlab çiqib, amalga oşirdik», deydi Malyuk. Uning sözlariga köra, portlovçi qurilma oddiy fuqarolik tovari kabi körinişi va tekşiruv skanerlarida payqalmasligi uçun bir neça qavat plyonka bilan öralgan. Şuningdek, portlovçi qurilma ortilgan yuk maşinasi köprikda maxsus GPS-sozlamalarni işdan çiqaruvçi «gluşitel»ni ham yengib ötişga muvaffaq bölgan.

Vasilik Malyuk Ukraina xavfsizlik xizmati yukni Qrim köprigigaça qanday yetkazib borgani haqida batafsil gapirmagan, lekin uning sözlariga köra, Rossiya tomoni portlaşda aloqadorlikda ayblab qölga olgan odamlar bu haqda heç narsa bilmagan.

«Biz [rejani amalga oşiriş uçun] jahannamni yetti aylandik, juda köp odamlardan sezdirmay foydalandik. Rossiya 22 kişini portlaşda ayblab qamoqqa tiqqan, lekin ular operatsiya haqida heç nima bilmagan, şunçaki kundalik işlari bilan şuğullangan, xolos. Ular rossiyalik oddiy kontrabandaçilar edi», deydi Malyuk.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, Qrim köprigi portlaşi böyiça Rossiya tomoni 8 kişini qölga olgan, ularning barçasi portlaşdan keyin bir hafta içida uşlangandi. Qölga olingan odamlarning advokatlari BBC bilan suhbatda aytişiça, iş böyiça ayblov şunçaki töğri kelgan odamlarning böyniga ilinmoqda. Yuk bilan boğliq bölgan barça iştirokçilar hozirda terrorizmda ayblanyapti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin köprik portlaşidan keyin çiqiş qilib, buni «muhim fuqarolik infratuzilmasini vayron qilgan» terakt deb atagan va taşkilotçi Ukraina xavfsizlik xizmati bölganini aytgandi. Ukraina uzoq vaqt portlaşga aloqador ekanini rad etib keldi. Portlaşdan keyin Ukraina prezidenti devoni vakili Mixaylo Podolyak furgon Rossiya tomonidan köprikka kirgani, portlaş uçun javobgarlik «nazoratdan çiqib ketgan» rossiyalik kuçişlatar tuzilmalar gardanida ekanini aytgandi.

Portlaşdan keyin köprikning avtomobil harakatiga moslaşgan qismi yetti oy ötibgina oçilgandi.

«Dengiz bolakayi» bilan ikkinçi portlaş

2023 yil 17 iyul kuni Qrim köprigida ikkinçi portlaş amalga oşirildi. Bu gal Rossiyaning iddaosi böyiça suv ostidan, suv ustidan, havodan va kosmosdan turib qöriqlanadigan köprik oddiy qölbola suvusti droni yordamida portlatildi. Vasiliy Malyuk intervyusida uşbu ikkinçi portlaş haqida ham biroz gapirgan.