08:49 / 14.07.2018
18639

Oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish davom etmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2018 yil 4 iyundagi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta'lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) (O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15 iyundan 10 iyulgacha) qabul qilinishi eslatib o‘tiladi.

Abituriyentlarga kasb tanlashda yaqindan yordam berish maqsadida oliy ta'lim muassasalarining barcha fakultetlarida “Kasbga yo‘naltirish xonalari” tashkil etilgan. Ular tegishli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘liq ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

Mavzuga oid
Top