Yangi öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul böyiça magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari töliq körib çiqilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Unga köra, röyxatdan ötgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bölmagani sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bölgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda iştirok etgan.

Tanlov natijalariga köra, 6 393 nafar talabgor öqişga tavsiya etildi. Şundan:

  • davlat granti — 3 238 nafar;
  • tölov-kontrakt — 3 155 nafar.

Tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar taşkil etadi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali şaxsiy kabinetidan bilişlari mumkin.

Ma’lumot uçun, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqiçiga bazaviy tölov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning tölov-kontrakt summasi davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.