21:55 / 21.07.2018
9040

O‘zbekistonlik to‘rt dzyudochi Osiyo Ochiq Kubogida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Makaoda dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo Ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolari o‘ynaladi.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik to‘rt nafar yosh sportchilar ham ishtirok etishmoqda va ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Jayhunbek Nazarov (-66kg) oltin, Maqsud Ochilov (-55kg) bronza, qizlar o‘rtasida esa Nilufar Yermagambetova (-52kg) va Sita Qadambayeva (-48kg) oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Ayni paytda Sita Qadambayeva va Nilufar Yermagambetova o‘z vazn toifalarida jahon reytingida birinchi o‘rinda ketmoqdalar.

Top